Ochiqlik va javobgarlik tamoyili asosida

Date:

Aholi murojaatlarini eshitish va muammolarni manzilli hal etish bugungi boshqaruvning eng muhim tamoyillaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida onlayn formatdagi ommaviy qabullar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bunday yondashuv fuqarolarga o‘z yashash hududidan turib viloyat rahbariyati bilan bevosita muloqot qilish imkonini bermoqda.

Navbatdagi ommaviy qabulda shahar va tuman hokimliklarining videostudiyalari orqali 102 nafar fuqaroning 125 ta murojaati tinglandi. Qabul davomida ilgari bildirilgan murojaatlarning ijrosi holati ham ko‘rib chiqildi. Xususan, 81 ta takroriy murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati tanqid qilinib, muammoni yetarlicha o‘rganmagan mutasaddilarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish masalasi ko‘tarildi. Hokim tomonidan ushbu masalalarni qonuniy va asosli hal etish uchun aniq topshiriqlar berildi.

Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 17 tasi joyida hal etildi, qolgan 108 ta masala yuzasidan esa tegishli tashkilot va mansabdor shaxslarga ijro muddati belgilangan holda topshiriqlar yuklatilib, nazoratga olindi. Bunday ochiq va tizimli qabullar aholining davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, mavjud muammolarni joyida hal qilishda muhim mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun