Kuz-qishga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi

Date:

Yilning sovuq fasllariga tayyorgarlik ko‘rish — aholining farovonligi va muassasalarning uzluksiz faoliyatini ta’minlashda muhim omil sanaladi. Shu nuqtayi nazardan, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov tomonidan tumandagi bir qator ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Tibbiyot birlashmasi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida olib borilgan o‘rganishlar davomida mavjud ko‘mir zaxiralari, qozonxonalar faoliyati, isitish tizimlarining texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Tekshiruvlar natijasida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va muassasalarda issiqlik tizimining me’yoriy ishlashini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar ta’lim, tibbiyot va boshqa muhim sohalarda xizmat ko‘rsatayotgan muassasalarning qish mavsumida to‘laqonli faoliyat yuritishini kafolatlash, ayniqsa, bolalar va bemorlarning salomatligi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun