Ona alla aytganda

Date:

Surxondaryo viloyatida milliy qadriyatlarni tiklashga xizmat qiluvchi yangi tashabbus — “Alla-onalar qo‘shig‘i” loyihasi izchil davom etmoqda. Mazkur loyihaga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi bosh-qosh bo‘lmoqda.

Loyiha doirasida Uzun tumanidagi madaniyat markazida partiyaning “Siyosatchi ayollar” klubi a’zosi bo‘lgan faol xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan zamonaviy alla qo‘shiqlari to‘plami keng jamoatchilikka namoyish etildi. Yangi nafasda yangrayotgan ushbu allalar, nafaqat yuraklarga iliqlik baxsh etmoqda, balki yurtimizning boy madaniy merosini avlodlarga yetkazishda muhim vositaga aylanmoqda.

Ushbu tashabbus qadimiy udum – alla aytish an’analarini zamonaviy talqinda tiklash, ona ruhi va mehrini kuylovchi qo‘shiqlar orqali yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. “Alla-onalar qo‘shig‘i” loyihasi nafaqat ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, balki surxondaryoliklarning milliy madaniyat va merosga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishga ham xizmat qilmoqda.

Loyihaning davomiyligi va qamrovi ortib borayotgani — xalqimizning o‘z ildizlariga, milliy musiqiy an’analariga bo‘lgan chuqur hurmati va mehrining yaqqol ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun