Endi alohida rastalarda sotiladi

Date:

O‘zbekiston savdo tizimida yangi tartib joriy etildi: yirik savdo markazlari va oziq-ovqat do‘konlariga kirish joylarida iste’mol muddati tugash arafasida bo‘lgan mahsulotlar uchun alohida rastalar tashkil etiladi. Bu — Vazirlar Mahkamasining “Oqilona iste’mol” (Save Food) dasturi doirasidagi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Yangi tizim orqali isrofgarchilikka chek qo‘yish, oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanish maqsad qilingan. Rastadagi mahsulotlar narxi har 10 kunda pasaytirilib boriladi, bu esa aholi uchun hamyonbop xarid imkoniyatini yaratadi. “Oqilona iste’mol” dasturi umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohasida barqarorlikni ta’minlashga, ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.

Endilikda muddati tugash arafasidagi mahsulotlar yo‘q qilinmaydi, balki belgilangan tartibda sotuvga chiqariladi. Bu amaliyot nafaqat ekologik muammolarni kamaytirishga, balki aholining xarid imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Oldingi sahifaOna alla aytganda
Keyingi sahifaAka-uka gʻolib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun