Mustahkam oila – jamiyat barqarorligining asosi

Date:

Bugungi kunda ajralishlarning ortib borishi nafaqat oilalarning, balki butun jamiyatning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, oilaviy totuvlikni mustahkamlash, kelin-kuyov va qaynona-qaynota o‘rtasida mehr-oqibat hamda o‘zaro hurmatni kuchaytirish jamiyat taraqqiyoti uchun dolzarb masalalardan biridir.

Termiz shahri “Yoshlar markazi”da aynan shu mavzuga bag‘ishlab “Qaynonam – mening onam”, “Kelinim – mening bolam” nomli muhim tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Z. Xidirova, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqarmasi boshlig‘i M. Umarov, viloyat bo‘limi raisi O. Soatov, shahar bo‘limi raisi T. Berdiyev, shuningdek, nuroniylar, “Buvijonlar maktabi” a’zolari, hoji otalar va onajonlar, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ajralishlarning oldini olish yo‘llari, oilalarda sabr-toqat, o‘zaro hurmat va mehr-muruvvatni ustuvor qilish zarurligi keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, oilaviy muammolarning yechimlari, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida takliflar bildirdilar. Bunday tadbirlar orqali jamiyatda oilaning ahamiyati yana bir bor ta’kidlanmoqda. Zero, mustahkam oila – sog‘lom tarbiya, sog‘lom tarbiya esa barqaror jamiyat kafolatidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...

Tizim takomillashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan...
KunTun
KunTun