Faoliyati tiklanmoqda

Date:

Sherobod tuman hokimi Usmon Alimov tumanda faoliyat yuritayotgan yirik sanoat korxonalariga tashrif buyurib, ularning ish jarayonlari hamda mavjud muammolarini o‘rganib chiqdi. Tashrifning dastlabki manzili — chet ellik investorlar tomonidan tashkil etilgan “Zilantex” MCHJ bo‘ldi.

Mazkur korxona yana rivojlantirish maqsadida ijara asosida qayta ishga tushirilib, zamonaviy ta’mirdan chiqarildi.

Natijada, ilgari yo‘qotilgan ish o‘rinlari qayta tiklanib, bugungi kunda 300 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, korxonada yana 100-150 nafar yangi ishchi-xodimlarni ishga qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

Bu kabi tashabbuslar tumanda bandlikni oshirish, aholining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun