6 ta tumanda terim qizgʻin

Date:

Surxondaryo viloyatida paxta yig‘im-terimi ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Dalalarda yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Bandixon va Termiz tumanlarida bo‘lib, terim jarayoni bilan yaqindan tanishdi va mas’ullarning axborotlarini tingladi. Tashrif chog‘ida hududlardagi qishloq xo‘jaligi mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va terim otryadlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda yig‘im-terim ishlarini tashkil etishda hamjihatlikni ta’minlash, hosilni yo‘qotishlarsiz va qisqa muddatlarda yig‘ib olish, shuningdek, terimchilar uchun dalalarda zarur sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, terim sur’atini oshirish maqsadida hosil sust yig‘ilayotgan hududlarga zamonaviy paxta terish mashinalari jalb etilishi, terimchilarga haq to‘lashni o‘z vaqtida amalga oshirish va ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish vazifalari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun