“Zarbdor tajribasi” asosida

Date:

Bandixon tumanida aholiga yanada qulay sharoit yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini zamon talabiga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, tunu-kun faoliyat yurituvchi xizmat ko‘chalarini barpo etish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Hududda amalga oshirilayotgan eng yirik tashabbuslardan biri — “Zarbdor tajribasi” loyihasidir. Mazkur loyiha doirasida tuman markazidagi “Bandixon” va “Bektepa” mahallalari hududidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 600 metr qismi yangicha qiyofa kasb etmoqda. Umumiy qiymati 0,7 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha asosida mazkur hududni zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ko‘chasiga aylantirish ishlari jadal davom etmoqda.

Loyihaning eng muhim jihatlaridan biri — barpo etiladigan yangi maskanlarda faoliyat 24/7 rejimida, ya’ni tunu-kun davom etadi. Bu esa aholiga har qanday vaqtda zarur xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Yangi ko‘chada savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, kichik tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun sharoitlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Loyiha nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki aholi bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Yangi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining ochilishi orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, hududiy tadbirkorlik rivojlanadi, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari kengayadi. Obodonlashtirish ishlari doirasida yo‘l yoqalari yoritiladi, piyodalar yo‘laklari barpo etiladi, yashil hududlar tashkil qilinadi. Bu esa tumanning markaziy qismiga yanada zamonaviy va chiroyli ko‘rinish beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun