“Oriyat”da o‘zgarish katta

Date:

Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Muzrabot tumanidagi “Oriyat” mahallasi ham ushbu dasturga kiritilgan. Bugungi kunda bu yerda dastur doirasida yo‘llar ta’mirlanib, piyodalar yo‘laklari qurilmoqda. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida elektr tarmoqlari yangilanib, oqova suv ariqlari betonlanmoqda.

Shuningdek, mahallada “Yangi ro‘zg‘or” tajribasi asosida uzum yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Endi xonadonlar va ko‘chalarda voish usulida uzum ekilib, aholiga qo‘shimcha daromad manbai yaratilyapti. Bu tashabbus bandlikni oshirish va oilalarning daromadini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda. Mahalladagi bu ishlardan asosiy maqsad — aholiga qulay yashash sharoiti yaratish, infratuzilmani yaxshilash va eng muhimi, odamlarni daromadli faoliyatga jalb etishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun