Smartfon sizdan quvvatlanadi

Date:

Endilikda inson tanasi tabiiy issiqligidan foydalanib, smartfon va boshqa elektron qurilmalarni quvvatlantirish mumkin. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Tadqiqotchilar inson tanasi chiqaradigan issiqlikni elektr energiyasiga aylantira oladigan maxsus rezina material ishlab chiqishdi. Ushbu material tana harorati (37 °C) bilan atrof-muhit harorati (20–30 °C) o‘rtasidagi farqni energiyaga aylantirish qobiliyatiga ega. Bu g‘oya oddiy tuyulsa-da, amalda juda samarali bo‘lishi mumkin. Chunki inson tanasi doimiy ravishda issiqlik chiqaradi va undan unumli foydalanish — kelajak energiya manbalaridan biri sifatida qaralayapti.

Mazkur ixtiro nafaqat smartfonni quvvatlash, balki boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ham qo‘llanilishi mumkin:

Elektr ta’minoti yo‘q joylarda qurilmalarni quvvatlash — tog‘li hududlar, safarlar yoki favqulodda vaziyatlarda juda qo‘l keladi.

“Aqlli kiyim” texnologiyalari — maxsus kiyimlar orqali telefon yoki gadjetlarni bevosita tanadan quvvatlash.

Tibbiyot sohasida — tana haroratini nazorat qilish yoki muhitni barqarorlashtirishda qo‘llanilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, bu texnologiya kelajakda nafaqat qulaylik, balki energiya tejash va ekologiyani asrashga ham katta hissa qo‘shadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun