Maqsad – samaradorlik

Date:

Qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori hosildorlikka erishish, yerdan samarali foydalanish va fermerlarning tajribasini oshirish maqsadida Termiz tumanida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir “Surxon Namuna” hududida joylashgan “O‘ral Qo‘ng‘irot” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘lib o‘tdi. Seminarda to‘qsonbosti ekinlarini ekish, ularni parvarishlash va 2026-yil hosilidan yuqori natija olish masalalari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbirda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi vakillari, tuman fermerlari kengashi mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda dehqonlar qatnashdi.
Ishtirokchilarga tajribali agronomlar tomonidan yerni to‘g‘ri ishlov berish, sifatli urug‘ tanlash, sug‘orish va o‘g‘itlashning zamonaviy usullari, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar nazariy ma’lumotlar bilan cheklanib qolmadi. Fermer va dehqonlar dala sharoitida ekin parvarishi bo‘yicha bevosita ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Bu esa ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday seminarlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tadbiq etish, hosildorlikni oshirish va bozor talabiga mos sifatli mahsulot yetishtirishda katta yordam beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun