O‘quv yili tantanali boshlandi

Date:

Termiz davlat universitetida joriy 2025/2026-o‘quv yilida qariyb 5000 nafarga yaqin yosh talabalikka tavsiya etildi. Bugun universitetda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari, masʼullar va professor-oʼqituvchilar ishtirokida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Marosimda so‘z olganlar talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni samimiy qutlab, ularga ezgu tilaklar bildirishdi. Tantanadan so‘ng esa auditoriyalarda “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi. Talabalar “Birinchi kurs maktabi” va “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari orqali universitet hayoti va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun