Talabalikka ilk qadam

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Universitet rahbariyati vakillari rektor nomidan yangi talabalarga samimiy tabriklar yoʻllab, ularni talabalik baxti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi bilan muborakbod etdilar.

Tantanali marosimda talabalarga universitetning ramziy kaliti hamda talabalik guvohnomasining ramziy namunasi topshirildi. Bu talabalar hayotida esda qolarli va mazmunli voqea boʻldi. Tadbir davomida kuy-qoʻshiqlar, sheʻrlar va samimiy tilaklar yangradi. Ota-onalar, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻz taassurotlarini bildirdilar, bayramona ruh hukm surdi. Ayni vaqtda barcha fakultetlarda yangi talabalarga universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan Mustaqillik darslari oʻtildi. Ushbu darslar yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar va fuqarolik mas’uliyati haqida chuqur tasavvur shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun