MUNOSIB TUHFA

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “To‘g‘on” mahallasida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oʻquvchilari yangi oʻquv yilini yangi binoda boshlaydigan boʻlishdi. Maktabga 240 o‘rinli qo‘shimcha yangi bino hamda mavjud 420 o‘rinli binosi kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Anvar Normamatov ishtirok etib, Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy ta’lim maskanlarining bunyod etilishi mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishi yuzasidan marosim ishtirokchilariga o‘z nutqini bayon etdi.

Shuningdek, tumanning “Ulug‘bek” mahallasidagi 1-sonli maktab, “Xo‘jamulki” mahallasidagi 6-sonli maktab, “Gultepa” mahallasidagi 25-sonli maktab hamda “Cho‘kirli” mahallasidagi 59-sonli maktablar ham Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami oldidan tantanali ravishda topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun