Xavfsizlik muhim

Date:

Ertadan yangi oʻquv yili boshlanadi. Oʻquvchi-yoshlarning quvonch-u hayajoni cheksiz. Albatta, darslar, oʻquv jarayoni xavfsiz, tartibli tashkil etilishi xotirjamlik garovidir. Ayni maqsadda hukumatning ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilini xavfsiz va tartibli tashkil etishga oid topshiriqlari doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi qator maktablarda tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

Tekshiruv jarayonida yong‘in va favqulodda holatlar, yo‘l harakati xavfsizligi, shuningdek, maktablardagi “Tashvish tugmalari”ning ishlashi sinovdan o‘tkazildi. Tegishli xizmatlarning yetib kelish vaqti hamda maktab atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, 2-sonli maktabda binoni pardozlash va jihozlash ishlari bilan tanishildi. Mutasaddilarga ishlar sur’atini jadallashtirish, ta’lim sifati, yong‘in va yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Oldingi sahifaMUNOSIB TUHFA
Keyingi sahifaSamarali mehnat qilishmoqda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun