19-maktab yangi binoda

Date:

Termiz shahrining “Majnuntol” mahallasida joylashgan 19-son maktabning zamonaviy 300 o‘rinli yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev qatnashib, yangi maktabning imkoniyatlari, ta’lim sifatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida iliq fikrlar bildirdi.

Endilikda yorug‘ va shinam sinfxonalar, zamonaviy jihozlangan bilim maskani yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun