Munosib tuhfa

Date:

Yurtimizda korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning barqaror faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi natijasida ishlab chiqarish hajmi izchil ortib bormoqda.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi ko‘magida yana bir yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona faoliyati boshlandi. Denov tumanida umumiy qiymati 30 million AQSH dollari bo‘lgan, yillik quvvati 5 ming dona mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mazkur korxona — “HUMO NEW ENERGY” MCHJ tomonidan mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida xalqimiz uchun munosib tuhfa sifatida ishga tushirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etdi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, tayyor yuk avtomobillarini ko‘zdan kechirdilar.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan arzon va sifatli yengil yuk mashinalarining asosiy butlovchi qismlari mahalliy sharoitda tayyorlanishi aholiga hamyonbop va ishonchli transport vositalari taqdim etish imkonini yaratadi. Loyihaning keyingi bosqichida yengil yuk elektromobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun