Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Indoneziyaning Pendikan universiteti bilan hamkorligida “Biznesni boshqarish va tadbirkorlik” yo‘nalishida 10-xalqaro konferensiyani o‘tkazdi.

Indoneziyada tashkil etilgan tadbirda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi. Unda taqdim etilgan ilmiy maqolalar dunyoning yetakchi nashriyotlaridan biri — Springer tomonidan chop etilib, Scopus xalqaro bazasidagi nufuzli jurnallarda e’lon qilinadi. Bu esa o‘zbek olimlarining ilmiy ishlanmalarini jahon miqyosida keng targ‘ib qilish imkoniyatini yaratadi.

Tadbir doirasida Pendikan universiteti Iqtisodiyot fakulteti bilan qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, bakalavriat bosqichida “3+1”, magistraturada “1+1” modeli joriy etiladi. Dastur bitiruvchilari bir vaqtning o‘zida ikki oliygoh diplomlariga ega bo‘ladi.

Oldingi sahifaZamonaviy va xavfsiz
Keyingi sahifaMunosib tuhfa

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun