“Yettilik” faoliyati oʻrganildi

Date:

Yurtimizda joylardagi muammolarni aniqlash, fuqarolar bilan yaqin muloqot orqali ularning hayot sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Shu maqsadda mahallalarda “yettilik” faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov shu maqsaddagi o‘rganishlarini Sherobod va Boysun tumanlarida davom ettirdi. Jumladan, og‘ir hudud toifasiga kiritilgan “Oltin voha” va “Gaza” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida viloyat va tuman mutasaddilari, mahalla “yettiligi” a’zolari, nuroniylar hamda faollar bilan muloqot o‘tkazildi. Mahallalardagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Mas’ullarga aholi muammolarini chuqur o‘rganish, turmush sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi. Bunday amaliy chora-tadbirlar mahallalardagi muammolarni joyida hal etish, aholi turmush darajasini oshirish hamda davlat idoralari bilan xalq o‘rtasida ochiq va samarali muloqotni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun