Yuzi yorug‘ qaytishdi

Date:

Sharq yakka kurashlar va jang san’atlari dunyosida ham buyuk insonlar, ustozlar o‘tgan va o‘zlaridan so‘ng avlodga ajoyib, bir-biridan jozibador yakka kurash san’atlarini qoldirgan. Ma’lumki, har bir sport turining o‘z Vatani bor. Jumladan Koreyada “Taekvondo”, Yaponiyada “karate”, Tailanda “muaytay”, Rossiyada “qo‘l jangi”, “universal – jang”, Amerikada “kikboksing” kabi bizda o‘zbek jang san’ati.
Bu sport turlarining har birida o‘ziga xos jang san’ati mavjud. Shuning uchun ham ular bir-birlarini takrorlamaydi. Ulardagi texnik harakatlarni takomillashtirishda bu sport turlari bo‘yicha o‘z Vatanlarida tajribali ustalar yetishib chiqqan, uni targ‘ib va tashviqot qilishda ham fidoyilik ko‘rsatishgan. Ko‘p asrlik tarixga ega xalqimiz hayotidagi turli tarixiy harakatlar orasida sharq yakka kurashlari va jang san’atlari ham alohida o‘rin tutadi.
Ayni sport turlarimizni keng ommalashtirish maqsadida sport musobaqalari, bellashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Jizzax shahrida ham Osyo kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda ko‘plab davlatlardan sportchilar ishtirok etdi.
Murosasiz kechgan bahslarda Surxandaryo viloyati terma jamosining 15 nafar sportchisi ishtirok etdi. Ularning 10 nafari faxrli 1-, 2- va 3-oʻrinlarni egallab, viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun