Surxondaryoda zaytun yetishtiriladi

Date:

O‘zbekiston dunyoning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yib, manfaatli kelishuvlarga erishmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston-Gruziya hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilgan. Ana shunday istiqbolli hamkorlik masalalari bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Gruziyaning “Svanidze Olive Oil” kompaniyasi rahbari, Xalqaro zaytun kengashining faxriy prezidenti Georgiy Svanidze hamda “Raffles Family Wealth Trust Pte Ltd.” asoschisi Mark Daniyelni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan o‘zaro hamkorlik ko‘p qirrali yo‘nalishlarda rivojlanib borayotganligi qayd etildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlari, investitsion salohiyati haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar Surxondaryoda zaytun yetishtirish va qayta ishlash loyihasini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi. Yakunda istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun