TerDU delegatsiyasi Shveysariyada

Date:

Ma’lumki, joriy yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va targ‘ib qilish ishlariga respublikamizdagi qator oliy ta’lim muassasalari ham jalb etilgan. Shunga asosan, Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Jeneva xalqaro munosabatlar va taraqqiyot instituti hamda Lozanna universiteti professor-o‘qituvchilariga yurtimizning o‘ziga xos jihatlarini videoroliklar hamda ko‘rgazmalar orqali targ‘ib qilishdi.
“O‘zbekistonning boy tarixi, Samarqand afsonalari haqida tarixiy manbalarga duch kelganman. Ushbu tashrifingizdan keyin, albatta, sizning yurtingizga borishni reja qildim”, deydi mezbon oliygoh professori David Rodogno.
Ma’lumot o‘rnida, ma’naviy-ma’rifiy tadbir mazkur ta’lim dargohidan tashqari O‘zbekistonning Jeneva shahrida joylashgan BMT vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasida ham tashkil etildi.
Taomilga ko‘ra, tadbir ishtirokchilariga milliy qadriyatlarimiz namunalari sovg‘a qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun