Nasiba

Date:

Bozorda karamlarning so‘ligan barglarini tozalayotgan amakidan “Shu barglarni quyonlarimiz uchun olsak maylimi?” deb so‘radi ko‘rinishidan soddalik ufurib turgan ayol yonida besh yashar iltijoli boqib turgan qizalog‘ini qo‘lidan ushlab turgan holda.
– Olavering, baribir chiqindiga olib ketishadi, — dedi iltifotli amaki.
Ona bola quyonlari uchun karam barglarining saralarini terib, xaltalarini to‘ldirishdi va qayta-qayta rahmat aytishdi.
Kechqurun karam sho‘rva ichib o‘tirgan qizcha:
– Oyijon, bizning quyonlarimiz yo‘q-ku, – dedi.
– Sen mening quyonchamsan, bolajonim, – deb qizining burnini chimchilab qo‘ydi ona.
– Unaqada ertaga quyonchangiz uchun bozordan nima so‘raymiz, – dedi qizaloq o‘zini quyonchadek tasavvur qilib.
– Ertaga jo‘jacham uchun novvoyxonadan tandir ushlamagan nonlarni so‘raymiz, – dedi ona o‘zining g‘amginligini berkitish uchun jilmayib.
– Oyijon, bugun siz bilan ishga boray, polni artishga yordam beraman, shunda kechga qolmasdan birpasda bo‘lamiz, – qizaloq ham xushchaqchaq ohangda oyisiga yalindi.
Ona ko‘z yoshlarini ko‘rsatmaslik uchun qizini mahkam bag‘riga bosdi. “O‘qimagan onangni kechir, bolam” deya unsiz yig‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun