Aholi foydasi uchun

Date:

Hech bir ikkilanishsiz aytish mumkinki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Tashabbusli budjet” loyihasi qisqa vaqt ichida keng jamoatchilikning birlashuviga sabab bo‘ldi. Fuqarolarning moliyaviy savodxonligi oshib, budjet mablag‘lari sarflanishida ishtirok etishlari uchun imkon beradigan davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajaruvchi ijtimoiy loyihaga aylanib ulgurdi.
Sho‘rchi tumanining “Joyilma” mahallasining aholisi 3,5 kilometr ko‘chasini asfaltlash loyihasida ovoz yig‘ib, g‘olib bo‘lishdi.
Natijada, mahallaning ichki ko‘chalariga asfalt yotqizilmoqda. Yurtboshimizning tashabbusi bilan tatbiq etilgan “Tashabbusli budjet” fuqarolarning faolligini oshirmoqda. Ushbu loyihaning keyingi bosqichlarida ham faol ishtirok etib, mahallasidagi boshqa muammolarni ham ijobiy hal etilishiga motivatsiya berayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi”...

Loyiha ilmiy asoslangan

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...

Odamsimon robotlar o‘zimizda ishlab chiqariladimi?

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes davra suhbati...

Oldi-sotdi ishlari raqamlashtiriladi

Prezidentning “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga...
KunTun
KunTun