Attestatsiyadan afsuslanmay desangiz…

Date:

O‘ziga ishongan, bilimini muntazam boyitadigan, shuningdek, o‘z kasbini sevadigan o‘qituvchi uchun hech bir to‘siq uni egallab turgan lavozimidan ham, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berishdek maqsadidan ham aslo chalg‘ita olmaydi. Balki cho‘chitmaydi ham. Sinovlardan, ayniqsa, attestatsiyadan mardonavor o‘tishga intiladi. Sababki, sinovlar kishini sinash barobarida sohasining bilimdoni va haqiqiy egasi ekanligini belgilab beruvchi mezondir. Joriy yilning bahor oylarida pedagog xodimlar uchun bahorgi attestatsiyalar belgilangan

bo‘lib, ayni vaqtda kadrlarning tayyorgarlik ko‘rishi maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglari uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etib borilmoqda.
Bunda 2024-yil o‘tkazilgan attestatsiyalarda 90 va undan yuqori ball to‘plab, oliy toifani olgan mahoratli pedagoglar tomonidan treninglar o‘tilyapti. Seminarlar tuman (shahar)lardagi tayanch maktablarda barcha fanlardan tashkil etilib, o‘qituvchilarga namunaviy test savollari, shuningdek, dasturning texnik tomonlari bilan tanishish imkoniyati ham yaratilgan.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun