“Matonat” “Oltin humo”ga sazovor bo‘ldi

Date:

“Oltin humo” milliy mukofoti O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan 2019-yildan beri har yili gʻoliblarga taqdim etib kelinadi. Mukofot kino sohasidagi eng yorqin yutuqlarni taqdirlash va oʻzbek kinematografiyasidagi zamonaviy tendensiyalarga haqqoniy baho berish maqsadida ta’sis etilgan.

Bu galgi taqdimotda “Matonat” filmi   ham namoyish etildi va “Hakamlar hay’atining maxsus sovrini” bilan taqdirlandi. Ma’lumot uchun eslatish joizki, “Matonat” hujjatli filmida denovlik nogironligi bor ayol Dilorom Yoʻldosheva haqida hikoya qilinadi.

Film 2024-yil 18-oktyabr kuni “Kino san’ati saroyi”da premyera qilindi. Filmda Adliya vazirligining “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida Dilorom Yoʻldoshevaning oddiy hunarmanddan tadbirkorga aylanish jarayonlari aks ettirilgan.  

Taqdimotidan soʻng Dilorom YOʻldosheva BBCning 2024-yilda dunyoning ilhomlantiruvchi va ta’sirli 100 ayoli roʻyxatiga kiritildi. 2024-yil 13-dekabr kuni Dilorom Yo‘ldosheva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun