O‘quv jihozlari topshirildi

Date:

Mamlakatimizda yoshlarni o‘zini o‘zi band qilishlari hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, keng imkoniyatlar va  qulay shart-sharoitlar yaratilayotir. Xususan, Prezidentning “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga muhtoj oilalarning biriktirilishi va ularga doimiy ravishda  ko‘mak ko‘rsatib borilayotganligi o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda o‘rinbosari o‘zlariga biriktirilgan Angor tumanidagi “Markaz” va “Karvon” mahallalaridagi jami o‘nta ehtiyojmand oila a’zolari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning turmush farovonligini yaxshilash maqsadida muammolarini o‘rganishdi. Aytish joizki, ushbu o‘rganishlar davomida mazkur oilalarda voyaga yetmagan 8 nafar maktab o‘quvchilari uchun o‘quv qurollari, o‘quvchilarning dars qilishlari uchun jihozlar, badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar to‘plamlari topshirildi.

Tashrif davomida xonadon egalarining muammo va takliflari tinglandi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun