“Yashil makon” loyihasi amalda

Date:

Yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Bandixon tumanida ham tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda tuman hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R-100 avtomobil yo‘li atrofiga yashil belbog‘ yaratish ishlarida keng jamaotchilik faollik ko‘rsatib, iqlimimizga mos manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
“Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shish vatanparvarlik, elparvarlik va donishmandlik namunasidir. Unda faol ishtirok etish o‘zini oqil va fozil hisoblagan har bir insonning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shu ma’noda, ushbu umummilliy harakatga yosh-u keksa tomoshabin emas, balki ishtirokchi bo‘lib qatnashmoqda. Ezgu niyat ila yerga nihol qadab suv qo‘yib, uning gurkirab o‘sishi uchun ilk harakatlarni amalga oshirishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...

Kasaba uyushmalari: sharafli tarix, zalvorli mas’uliyat

Mehnat qilayotgan insonning huquqlari himoyalangan, salomatligi va manfaatlariga e’tibor...

Axborot barqarorligi: yechimlar mahalliy tajribadan boshlanadi

Surxondaryoda dezinformatsiyaga qarshi kurashish, axborot savodxonligini oshirish va jamiyat...
KunTun
KunTun