Irrigatsiya tizimlari nazoratda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov irrigatsiya tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ishlar, tizim korxonalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Termiz tumanida joylashgan “Surxonnasosta’mir” DUKga tashrif buyurdi. Korxonada yirik nasoslar va irrigatsiya tizimlari jihozlarini ta’mirlash jarayonlarining borishi bilan tanishildi.
Mazkur korxona faoliyati 2023-yilda viloyat hokimining tashabbusi bilan saqlab qolingan edi. Shu yerning o‘zida irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, nasos stansiyalarini ta’mirlash, yer resurslaridan samarali foydalanish, talon-toroj qilinishining oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Muzrabot tumani “A.Ikromov” hududidagi K-4 kollektorida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Topshiriqqa muvofiq hududda kollektor suvlaridan foydalangan holda sholi yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida modernizatsiya ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, mazkur hududning o‘zida 1 ta quvur, 7 ta “zatvor” qurish, 6,5 kilometr betonlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, viloyat rahbari yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holati bilan ham tanishib, 7 gektarlik maydonda hosilni yig‘ib olish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...

Izlagan imkon topar

Hududlarda tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxshilash natijasida avval foydalanilmagan...
KunTun
KunTun