Madhiyamiz — faxrimiz

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhimdir. Shu maqsadda madhiyamiz haqida yoshlarga keng tushunchalar berilib, bog‘cha, ilk maktab yoshidayoq madhiyamiz yod oldiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 32 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida “Madhiyamiz —faxrimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Bibixol Karimova universitet talabalariga madhiyamiz haqida o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi.
Madhiyaning yaratilish tarixi, matnining mazmundorligi barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Shahlo Tangirova,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi jamoatchilik bilan aloqalar va OAV bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun