Hamkorlik aloqalari yangi bosqichda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Beybut Atamkulov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida davlatlarimiz o‘rtasida do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani, xususan, joriy yil oktabr oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Qozog‘iston hududlararo to‘rtinchi forumida Surxondaryo va Qarag‘andi viloyatlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanganligi qayd etildi.
Mazkur kelishuv ijrosini ta’minlash hamda o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilash maqsadida Qarag‘andi viloyati mas’ullari ham delegatsiya tarkibida tashrif buyurganligi ta’kidlandi. Muloqotlar jarayonida hududlararo eksport-importni jadallashtirish va hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyatlarni ishga solish muhimligi qayd etildi. Bunda Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha berilgan takliflar asosida mutaxassislar ishtirokida joylarda o‘rganishlar olib borilishi ma’lum qilindi.
Delegatsiyaning viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun