Qilmishi qimmatga tushdi

Date:

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining ochiq majlisida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasi bilan huquqbuzarlik sodir etgan Ibrohim Jovliyevga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oid ish ko‘rib chiqildi. Ma’lumki huquqbuzar o‘ziga tegishli bo‘lgan telefonida yurtimizga olib kirish, tarqatish va saqlash taqiqlangan diniy mazmundagi video ma’ruzalarni qonunga xilof ravishda tarqatish maqsadida saqlab kelayotganligi, shu yilning 17-oktabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan tekshirilganda fosh qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan I.Jovliyevga sud qarori bilan bazaviy xiloblash miqdorining 20 baravari miqdorida, ya’ni 7 million 500 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Zora, olib borilgan tushuntirish ishlari va qo‘llanilgan jazo chorasi huquqbuzarning tegishli xulosa chiqarishiga sabab bo‘lsa…

E.MAMARASULOV,

J.JAVLATOV,

CH.SHOTURAYEV,

viloyat IIB mas’ul xodimlari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘quvchilar uchun munosib tuhfa

Ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibori tufayli bugun yurtimizning chekka va...

Xalqaro olimpiadada sovrindor

Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Elshod O‘ralov...

Savodxonlikni rivojlantiramiz

Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida...

Imkoniyat yaratgan tadbirkor

Angor tumanidagi “Gulzor” mahallasida faoliyat olib borayotgan “Art Design...
KunTun
KunTun