Farzand oldidagi ota-ona majburiyati va davlat burchi belgilandi

Date:

Bundan bir yildan oshiqroq vaqt avval, ya’ni 2023-yil 30-aprel kuni mamlakatimizda o‘tkazilgan umumxalq referendumida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi tom ma’nodagi tarixiy voqea bo‘lib, unda xalqimizning oliy maqsadi — Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topdi. Yaqin yetti-sakkiz yil ichida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit borasidagi muammolar hal qilingani, qo‘shni xalqlar bilan oramizdagi munosabatlarning tiklanishi va shu kabi qator ijobiy sa’y-harakatlarning ortga qaytmasligining konstitutsiyaviy himoyasi ta’minlandi. Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilandi. Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar uch barobar ko‘paytirildi. Misol uchun, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi, albatta.Aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi, umuman, aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar oshirilganing o‘zi, aholimiz sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egaligidan dalolat beradi.Yana bir muhim yangilik – davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda. Ushbu normaning kiritilishi jamiyatimizda oila mustahkamligi va mo‘tabarligini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi. Endi farzandlar tarbiyasi, ularga ta’lim berish, barkamol voyaga yetkazish ham ota-ona majburiyati hisoblanadi. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish esa davlatning burchi sifatida belgilandi.Bugun yangilangan Konstitutsiyamizning norma va prinsiplarida asosiy e’tibor inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilganini ishonch bilan ta’kidlash mumkin.

Nargiza SHIRINOVA,

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra dotsenti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad...

Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda...

Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan...

Ijtimoiy va iqtisodiy holat yaxshilanmoqda

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan...
KunTun
KunTun