Xokkey sporti yanada rivojlantiriladi

Date:

Har bir sport turining o‘z qiziquvchilari, shinavandalari bo‘ladi. Kurash qon-qonimizga singib ketgan bo‘lsa, karate, boks va tennisda ham yutuqlarimiz maqtanishga arziydi. Xokkey sport turi unchalik ommalashgan bo‘lmasa-da, unda ham o‘zini sinab ko‘rganlar qiziqib qolishi hech gap emas. Ayni sport turini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xokkey sport turini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-334-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi. Unga ko‘ra, xokkey sport turi bo‘yicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
2025-yildan boshlab har yili xokkey sport turi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va chet ellik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib boriladi. “Sport faoliyati” (xokkey)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining xokkey klublari sport bazalarida amaliyotini tashkil etish choralari ko‘riladi.
O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi bo‘yicha sport klublari va nodavlat sport ta’lim tashkilotlari uchun foyda solig‘i 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi va ularning faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yo‘naltiriladigan homiylik xayriyalari summasi foyda solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun