Zamonaviy sport obyekti foydalanishga topshirildi

Date:

Yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari lozim. Aks holda bekorchilikdan nimalar sodir bo‘lmaydi deysiz. Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini bekor o‘tmasligi uchun sport va ijod musobaqalari, kasb-hunar o‘rgatish markazi faoliyat yuritadi. Ko‘ngillilar qiziqishlariga qarab, eng ma’qul qarorni qabul qilishlari mumkin. Ayniqsa, mahallalarda sport va vorkaut maydonchalari qurib, foydalanishga topshirilayotgani ham yoshlarni chiniqtirishga, u yoki bu sport turiga qiziqish uyg‘otishga turtki bo‘lmoqda.
Muzrabot tumanining “Shaffof” mahallasida ham street-vorkaut maydonchasi foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Abdurashid Ismailov viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimligi vakillari, mahalla ahli, nuroniylar, yoshlar ishtirok etishdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda so‘z olganlar, sportni rivojlantirishga qaratilayotgan bunday e’tibor kelgusida o‘zining ijobiy samaralarini berishiga umid bildirishdi.
Sport vazirligi tomonidan mazkur sport obyektining barpo etilayotgani respublikamizning chekka hududlarida ham sport infratuzilmasini mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ommaviy sportni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun