Loyihalar bilan tanishildi

Date:

Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yurtimizda savdo-sanoat va ishlab chiqarish mahsulotlarining investitsiya qilinishi iqtisodiy jihatdan o‘sishi tobora oshib bormoqda. Shuningdek, chet mamlakatlar bilan hamkorlikda turli sohalarda hamjihatlik bilan faoliyat yuritilmoqda.Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsiyalar, sanoat va savdo kompleksi hamda loyiha institutlari mutasaddilari ishtirokida ishlab chiqilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari hamda tizerlari bilan tanishdi.Yig‘ilishda o‘tgan hafta o‘tkazilgan taqdimotlarda berilgan tavsiya va topshiriqlarga asosan mutasaddilar qayta ishlab chiqilgan hamda to‘ldirilgan loyihalarni amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar, texnik iqtisodiy asoslari yuzasidan malumot berildi.Ma’lumot uchun, viloyat bo‘yicha jami 30 ta yangi yirik loyihalar ishlab chiqilayotgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 524 million dollarni tashkil etadi va ushbu loyihalarni ishga tushirish orqali 5 565 ta yangi ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan. Shundan so‘ng, viloyat rahbari Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk o‘lkasi delegatsiyasining viloyatimizga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qilib, mutasaddilarga tashrifga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, muzokaralarda ko‘rib chiqiladigan hamkorlik masalalari, taklif va tashabbuslar hamda shartnoma va kelishuvlarning loyihalarini puxta ishlab chiqish vazifalarini topshirdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun