O‘rganish ishlari olib borildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Bandixon tumaniga tashrif buyurdi. U yerda “Bandixon-Agroklaster” MCHJ tomonidan tumandagi 300 nafar ishsiz fuqaroni ish bilan band qiluvchi ip-kalava ishlab chiqarish loyihasida olib borilayorgan uskunalarni o‘rnatish ishlari bilan tanishdi. Loyihani o‘z vaqtida ishga tushirish, sifatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Viloyat rahbari tashrifining keyingi manzili tumanning “Bektepa” mahallasida tashkil etilgan “Bektepa 3” kichik sanoat zonasi bo‘ldi. Bugungi kunda “Bektepa 3” kichik sanoat zonasida yangi loyihalar amalga oshirilishi doirasida bino-inshootlar qad ko‘tarmoqda. Shu o‘rinda “Bektepa 3” kichik sanoat zonasida “Bandixon servis №1” MCHJ tomonidan umumiy loyiha qiymati 1,2 milliard so‘m bo‘lgan avtomobillar uchun chexol-polik ishlab chiqarish loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyihaning ishga tushishi evaziga 10 nafar xotin-qizlarimizning bandligi ta’minlandi.Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tadbirkorlarga yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirib, aholi bandligini ta’minlash zarurligi qayd etildi. Oxirgi manzil tumanning “Navro‘z” mahallasidagi yangidan bunyod etilgan asfalt zavodi bo‘ldi. “Navro‘z” mahallasida “Kakaydi sardorlari” xususiy korxonasi tomonidan yangidan qurilgan loyihaning umumiy qiymati 3,2 milliard so‘m bo‘lib, soatiga 180 tonna issiq asfalt ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihaning ishga tushishi evaziga 30 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistratura 1 yillik boʻladimi?

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda magistratura ta’limi ikki yo‘nalishga...

TerDUda xorijiy professorlar faoliyat boshladi

Termiz davlat universitetiga Eron Islom Respublikasidan ikki nafar professor-o‘qituvchi...

“JIYDALI”DA EZGU TASHABBUS

Qumqo‘rg‘on tumanining “Jiydali” mahallasida zamonaviy yangi to‘yxona foydalanishga topshirildi. Ochilish...

“KARBON KREDIT” MEXANIZMI YO‘LGA QO‘YILADI

Iqlim o‘zgarishi sharoitida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va “yashil”...
KunTun
KunTun