Ona aliment to‘ladi

Date:

Otalarning alimentga tortilgani-yu, oyma-oy to‘lovlarni kechiktirib, javobgarlikka tortilgani haqida tez-tez eshitamiz. Shu bilan bir qatorda, alimentga tortiladigan onalar ham bor ekan. Bolalaridan voz kechib, mehrini qizg‘ongani yetmaganidek, ularning moddiy ta’minotiga befarqlik bilan qarab kelayotgan onalar uchun ham qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining tegishli buyrug‘iga asosan angorlik Sobira Mamasoliyevadan voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga aliment undirish belgilangan edi.
Aliment to‘lovchi qarzdor ona farzandlarini o‘z holiga tashlab chet-elga chiqib ketganligi sababli Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilinib, tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborildi. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida qarzdor ona aliment to‘lamasa, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi muqarrar ekanligi tushuntirildi. Natijada darhol 25 million so‘m aliment pulini to‘lashga majbur bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun