Suv kodeksi qabul qilinadi

Date:

O‘zbekistonda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi. Yig‘ilishda qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilib, uni birinchi o‘qishda yalpi majlisda muhokama qilish jarayonida deputatlar tomonidan berilgan bir qator takliflar tahlil qilindi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning suv xavfsizligiga erishish, global suv taqchilligi kuchayib borayotgan davrda barcha iqtisodiyot tarmoqlarining va atrof-muhitning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasining va sug‘oriladigan yerlarning holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Hozirda mas’ul qo‘mitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Oldingi sahifaSarf
Keyingi sahifaOna aliment to‘ladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun