“SHUHRATIM, SHONIM SPORT”

Date:

Sport har bir insonning o‘zidagi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Chiniqtiradi, unutilmas, yulduzli onlarni taqdim etadi. Shunday insonlar borki, sportchilarning yulduzli, hayajonli onlarini manguga muhrlashadi. Ana shunday suratlarning umri boqiydir. Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi fotomuxbiri, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Alimurod Mamadaminovning “SHUHRATIM, SHONIM, SPORT” nomli shaxsiy fotokoʻrgazmasining ochilish marosimida bo‘lgan borki ayni shunday xulosaga kelishi mumkin boʻldi.
Ijodkor 1996-yildan hozirgi kunga qadar mazkur axborot agentligida fotomuxbir lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Alimurod Mamadaminov yurtimiz fotoijodkorlarining turli koʻrgazma va koʻrik-tanlovlarida muntazam qatnashib, 2008-yili “Eng ulugʻ, eng aziz” respublika koʻrik-tanlovida “Tasviriy sanat” yoʻnalishida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, ijodkor 2022-yilda Prezident farmoni bilan ”Sodiq xizmatlari uchun“ medali, 2023-yilda esa ”Mehnat faxriysi“ va “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
Tomoshabinlar hukmiga havola etilgan ushbu koʻrgazma muallifning sevimli mavzusi bo‘lgan sportga bagʻishlandi. Ekspozitsiyada muallifning turli xalqaro musobaqalar jarayonida suratga olingan 70 dan ortiq fotosuratlari namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun