Iste’dod

Date:

Iftixor ila aytish mumkinki, go‘zal va qadim Surxon vohasi yildan-yilga ko‘rk va chiroy ochib, betakror madaniyati, o‘lmas san’atini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Vohaga xos qo‘shiqchilik san’ati qadim va boqiy xalq og‘zaki ijodi irmoqlaridan suv ichadi. Shubhasiz, folklor san’ati ham shular jumlasidan. Bolalar folklori xususida so‘z ketganda, beixtiyor termizlik iste’dodli yoshlardan biri Yulduz Ergasheva ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
Yulduz Ergasheva 4 yoshidan boshlab viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan “Raqs”, “Doira”, “Yosh jurnalist” va “Notiq” kabi to‘garaklarga a’zo bo‘ldi. San’atga bo‘lgan qiziqishi tufayli ko‘plab muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. 5 yoshida folklor yo‘nalishida jamoaviy raqs, 12 yoshida folklor yo‘nalishida yakka raqs bo‘yicha respublika g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Chanqovuz milliy cholg‘u asbobi bo‘yicha xalqaro sertifikat egasi. Bundan tashqari, Surxoncha raqslari bilan xalqaro festivallarda hamda “Boysun bahori” va boshqa ko‘plab tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Yulduz Ergashevaning Surxon madaniyati, folklor yunalishida ko‘pgina maqola va hikoyalari chop etilgan. “Momomning o‘gitlari” deb nomlangan ilk kitobida ham aynan Surxon madaniyati, milliy urf-odatlar qalamga olinadi.
Shuningdek, viloyat va respublika miqyosidagi bo‘lib o‘tadigan Mustaqillik va Navro‘z bayramlarida surxoncha raqsi va chanqovuz kuylari bilan tanilib ulgurgan. Uning OAVlarda Surxon madaniyati va san’atini targ‘ib qilishdagi hissasi tahsinga loyiq.
Surxonda chanqovuzchi qiz va sevimli aktrisamiz, xalqimizning sevimli chechasi, O‘zbekiston xalq artisti Aziza Begmatovaning qizi degan nomga ega bo‘lishga ulgurgan qizlardan.
Madaniyat va ma’rifat sohasi bilan bir qatorda, rus va ingliz tili bo‘yicha ko‘pgina yutuqlarga erishgan, maktabda a’lo baholarga o‘qib, Oltin medalga sazovor bo‘lgan.
Hozirgi kunda ilmli, iste’dodli qizimiz Yulduz Ergasheva Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalkaro iqtisodiyot va menejment fakultetida davlat grandi asosida tahsil olmoqda. Ayni chog‘da Yulduz Ergashevaning ko‘plab maqola va hikoyalari respublika davriy matbuot nashrlarida muntazam chop etilib kelinmoqda.
Yulduz Ergashevaning muvaffaqiyatlari zamirida onasi Sayyora Islomova hamda Lola Abayeva, Hasan Boqievlarning hissasi katta. Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida Yulduz Ergasheva singari iste’dodli yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular ham Yulduz Ergashevaning izdoshlari sifatida kelajakda yetuk insonlar bo‘lib yetishishga ishonsa bo‘ladi.

S.MAMATQULOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun