“Adliya kuni” tashkil qilindi

Date:

Har bir soha va tizimning nishonlaydigan kuni bor. Misol uchun o‘sha tashkilot tashkil topgan yoki qandaydir munosabat bilan belgilanadigan kun. Ayni sana har yili bayram sifatida nishonlanadi, soha xodimlari e’tirof etiladi, munosib rag‘batlantiriladi. O‘z navbatida, rag‘batga yarasha ish koeffitsienti ham ortib, tizimda o‘zgarish va yangilanishlarni, o‘sishlarni kuzatish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 80-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida «Adliya kuni» tadbiri tashkil qilindi.
Ushbu tadbir doirasida Termiz tumanida joylashgan «Afg‘on fuqarolarini o‘qitish markazida» tuman adliya bo‘limi, jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi, tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman prokuraturasi va boshqa hamkor tashlotlar ishtirokida sayyor sud, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan holda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda aholiga, jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga, tadbirkorlik sub’ektlari vakillariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferentsiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun