ELDOR SHOMURODOV JARQO‘RG‘ONDA…

Date:

Qo‘liga koptok tushgan bola borki, u bilan o‘ynashga tutinadi. Bu qiziqish, bu ishqibozlik ajab emas, uni sportda, xususan futbolda muvaffaqiyatga boshlasa. Bugun mashhur futbol jamoalarida to‘p surayotgan Eldor Shomurodov ham bolaligida futbolga ana shunday ishqibozlardan bir bo‘lgan. Munosib qo‘llov, doimiy mashg‘ulotlar, o‘z ustida tinimsiz ishlash esa bugun uni shon-shuhrat pillapoyalaridan ko‘tarib, yulduzli onlarni taqdim etdi.


Ha, bugun Surxon yoshlari mashhur futbolchi vohadoshi bilan faxrlanadi. Futbol yulduzi Eldor Shomurodov ishtirokida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 61-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Yoshlar tomonidan berilgan barcha savollarga Eldor Shomurodov samimiy va xushchaqchaqlik bilan javob qaytardi. Mashhur futbolchi bilan o‘tgan uchrashuv yoshlarga katta motivatsiya va so‘nmas shijoat bag‘ishladi va tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun