Tibbiy xizmat-u shart-sharoitdan bemorlar mamnun

Date:

O‘tayotgan har bir kunimiz yangilikka, o‘zgarishlarga boy bo‘lmoqda. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish barobarida, jamiyatda mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish dolzarbligi jihatidan doimiy mavzu sanaladi. U qaysi soha yoki qaysi jabha bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z vaqtida e’tibor qaratilishi lozim.
Kuni kecha viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz tumani va Termiz shahridagi tibbiyot muassasalari hamda umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Ma’lumki, Termiz tumani keng hududda joylashgan. Tumanning ma’muriy markazi bilan eng chekka qishloqlari orasidagi masofa ancha olisni tashkil qiladi. Tabiiyki, bu o‘z navbatida ba’zi bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ammo shunga qaramasdan, qat’iy tartibga solingan transport harakati tufayli aholi o‘z vaqtida ko‘zlagan manziliga oson yetib olmoqda.
Viloyatimiz rahbari dastlab, Termiz tumani hududida joylashgan viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Mazkur 450 o‘rinli shifoxonada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoit, xonalarning tibbiy-sanitarik holati, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi, hududning obodonlashtirilishi holati o‘rganildi. Ayni paytda ushbu maskanda bemorlarni davolashda eng so‘nggi tibbiyot uskunalirdan foydalanilmoqda. Malakali shifokorlar tomonidan bemorlarning kunlik holati doimiy ko‘rikdan o‘tkazilib turadi. Zero o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis orqali ko‘rsatilgan tibbiy xizmat natijasida bemorlar tez sog‘ayishadi. To‘g‘ri tashxis, samarali muolajaa va albatta, shirin muomala.
Shifoxonada ayni kunlarda qilinayotgan muolaja natijasida shifo topayotgan, ruhiy holati yaxshilangan bemorlar bilan o‘tkazilgan suhbat asnosida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati xususida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Malakali shifokorlarning g‘amxo‘rligi hamda muolajalarning nechog‘lik naf berayotganligi haqida bemorlarning bildirgan fikrlari barchada yaxshi taassurot qoldirdi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda ham bemorlarga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda hududlardan chaqiriqlarni qabul qilish va tez tibbiy yordam brigadalarini yuborish tizimida ish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Viloyatimiz rahbari shu kuni tizim faoliyati, bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishning bugungi ahvoli haqida tezkor jarayonlarda o‘zi guvoh bo‘ldi.
Tanishuv jarayonida viloyatimiz rahbari avvalgi tashriflaridagi topshiriqqa asosan chaqiriqlarni raqamlashtirish, tirbandliklarda tezkor harakat qilish uchun ajratilgan elektroskuterlarning samaradorligi yuzasidan mutasaddilarning axborotini tingladi. Shuningdek, ushbu maskanda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, chaqiriqlarga tezkor yetib borish hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Maktablarda o‘quv mavsumi yakunlanib, ayni kunlarda keyingi o‘quv yiligi tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Viloyat hokimi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirish maqsadida Termiz shahridagi 7-maktabga tashrif buyurdi. Tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, binoni joriy ta’mirlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha aniq tavsiya va topshiriq berildi.

X. TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliylikni eslatib…

Egnida milliy libosni kiyib, sochini qirq o‘rim qilgan qiz...

Ishonchli va do‘stona munosabatlar asosida

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning "Shanghai Oriental Credits...

“Huquqiy mahalla” bilan faol fuqarolik sari

Qonunni bilmaslik kishini javobgarlikdan ozod qilib qo‘ymaydi. Bu esa...

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...
KunTun
KunTun