Hunarli kishi xor bo‘lmas

Date:

Bugungi kunda “ishsizman” deyishning o‘zi uyat. Bugun bor imkoniyatlar, iqtidor va salohiyatlar ishga solinib, imkoniyatlardan unumli foydalanadigan tadbirli insonlar zamoni. “Ma’lumotim yo‘q” deb emas, “qo‘limda kasbim, hunarim bor” deya o‘zini ko‘rsatadiganlar davridir. Ana shunday fuqarolar, yoshlar uchun esa barcha qulayliklar yaratilib, davlatning o‘zi qo‘llab yuborayotgani quvonarli hol.
Angor tumanida ham xotin-qizlar bandligini ta’minlash ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda hunar o‘rganib, tikuvchilik, kasanachilik, ko‘rpa qavish, quroqchilik, bisir qadash, kiyim-kechaklar tikish bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Tumanning 3-sektor hududiga qarashli “Qo‘shtegirmon” mahallasida yashovchi Duyna momo Valiyeva ham kasanachilik bilan shug‘ullanadi. Buyurtma asosida ko‘pra-yostiq tikib berayotgan vohadoshimiz atrofida o‘zidek quntli, epli va epchil xotin-qizlarni ustoz-shogird an’analari asosida ish o‘rganib, so‘ng ishlab kelishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun