Oromgohlar qabulga shay

Date:

Sanoqli kunlardan so‘ng, so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi-yu, o‘quvchi-yoshlar ta’tilga chiqishadi. Hozirdanoq ta’tilni qanday o‘tkazishni reja qilib qo‘ygan yoshlar o‘tgan yilgi taassurotlariga tayanayotgani aniq. Sariosiyo tumanidagi “Xonjiza” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi ham bolalar uchun yaxshi taassurotlar qoldirgani aniq.
Ushbu oromgoh bu yil ham bolajonlarni qabul qilish uchun munosib shart-sharoitlarni hozirlamoqda. Tuman hokimi Abduqodir Donayev Sariosiyo tumanidagi 360 o‘ringa mo‘ljallangan “Xonjiza” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohini namunali tashkil etish maqsadida oromgohda olib borilayotgan ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga oromgohda tozalash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, hududni soʻlim va bahavo boʻlishini ta’minlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.
Eslatib o‘tamiz, Sariosiyo tumanida yozgi ta’til davrida bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish mavsumining birinchi mavsumi 10-iyun kunidan boshlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun