Jadidlar – yangi hayot kuychilari

Date:

Boysun tumanidagi 57-umumta’lim maktabida O‘zbekiston “tiklanish demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat tuman bo‘linmasi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida “Jadidlar-yangi hayot kuychilari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Tadbirni o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad, maktabning ma’naviyat sektori ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga, urf-odat va o‘zbek tilimiz, adabiyotimizga bo‘lgan muhabbatni oshirish, qolaversa, jadid adabiyoti namoyondalarining ijodini o‘rganish, ular tomonidan amalga oshirilgan buyuk ishlar, ularni o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida ma’lumot berishdan iborat.


Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlar, badiiy chiqishlar orqali jadidlar hayoti va ijodlarini namoyish etdilar. Yakunda faol o‘qituvchilar va o‘quvchilar O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faxriy yorliqlari, tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun