Boysunlik urush faxriysi ulug‘landi

Date:

Urush yillari o‘tganiga ancha bo‘lishiga qaramay, u bergan ozorlar hamon xalq qalbida og‘riq uyg‘otib keladi. Urush, qon kechgan ota-bobolarimiz esa yuz yoshning ostonasida hamon o‘sha urush dahshatlarini unutishmagan. Bugungi dorilomon kunlarga shukronalik hissi ila o‘tgan kunlardan mungli hikoyalar so‘zlab, yoshlarga urush dahshatini yetkazishga, bugungi kunlarni qadrlashga undashadi.
Surxondaryo viloyatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz harbiy gospitali malakali shifokorlari tog‘li tumanda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 102 yoshli Shoxmardon bobo Xamroyev xonadonida bo‘lishdi, dildan suhbatlashishdi. Shoximardon bobo g‘alabagacha boshdan kechirgan og‘ir janglari, urushdan keyin yana ikki yil davom etgan harbiy xizmat davrini esladi.
Yo‘qlov bahonasida otaxonning salomatligi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, zarur dori-darmonlar ulashildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun