1 ming 350 tup daraxt koʻchatlari ekildi

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi yurtimizda keng quloch yozgandan buyon yon-atrofimiz bog‘-u bo‘stonga, gulzorga aylanib bormoqda. Avvaliga ushbu loyihaga yuzaki qaraganlar ham shu kunga qadar ko‘zlangan maqsad jiddiyligini tushunib yetdi. Ana shunday maqsadlarga mushtarak tarzda “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i xodimlari ham bir chetda qarab turmay, o‘z hissasini qo‘shishdi.
Koʻchat ekish ishlari qizgʻin davom etdi. Asosiysi, ko‘chat tanlashda hududning iqlimi, tuproq unumdorligi kabi jihatlar ham e’tiborga olindi. Har bir ko‘chatning tutib, gurkirab yashnashi uchun mas’uliyatni milliy tabiat bog‘ining xodimlari o‘z zimmalariga olishdi. Bogʻ hududida bahorgi koʻchat ekish mavsumi davomida jami 1 ming 350 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun