Milliy gvardiya sinflari tashkil etildi

Date:

Harbiylarni yoki milliy gvardiyachilarni ko‘rgan yoshlarning qalbida ularga o‘xshash ishtiyoqi alanga oladi. Egniga maxsus libos kiyishni, vatan xizmatiga otlanishni istashadi. Vatanparvar, o‘z burchiga sodiq yoshlarni kamol toptirish maqsadida Surxondaryo viloyatida harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashgan Milliy gvardiya sinflari tashkil etilmoqda. Bunday sinflar viloyatda jami 4 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, ularning soni yana 3 taga ko‘paydi. Jarqo‘rgʼon tumanidagi 66-umumtaʼlim maktabida ham 2 ta harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashgan Milliy gvardiya sinflari tashkil etildi.
Bunda taʼlim maskanining 7-sinf o‘quvchilari orasidan yigit-qizlar saralab olinib, sinfxonalar belgilangan tartibda jihozlandi va o‘quvchilarning taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mazkur vatanparvarlik sinflarining tantanali ochilish marosimida Milliy gvardiya rahbariyati, tuman hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi masʼullari, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyat eshik ochsa…

Prezidentning 85-sonli farmoni ijrosi doirasida Denov tumanida faoliyat yuritayotgan...

Munosib ishtirok

Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan iqtidorli sportchi Shohita To‘rayeva III...

“Dala cheti madaniyati”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-son qarori ijrosini ta’minlash...

Loyihalar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish...
KunTun
KunTun